Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Ish joylarini attestatsiya qilish, xavflarni baholash, audit va o'qitish.

Mobirise Website Builder

Xavfsiz mehnat – barqaror rivojlanish garovi

Markazimiz malakali mutaxassislar jamoasi bilan davlat standartlari va amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida xizmat ko‘rsatadi. Har bir mijoz uchun individual yondashuvni qo‘llagan holda sifatli va ishonchli yechimlarni taklif etamiz.

PROFACADEMY
MILLIY MEHNAT MUHOFAZASI



Bizning xizmatlarimiz

Xodimlarni o'qitish

Xodimlarni kasblar va ish turlari bo‘yicha o‘qitish, shuningdek, qonunchilik talablariga va xalqaro standartlarga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazish. Biz asosiy va maxsus kurslarni taklif etamiz.

Mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

Mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari. Bu dasturlar bilimlarni chuqurlashtirish va xavfsizlikning yangi me’yoriy hujjatlari va amaliyotlari bilan tanishish imkonini beradi.

Mehnat muhofazasi auditi

Korxonalarda mehnat muhofazasi tizimining joriy holatini baholash, xavf-xatarlarni aniqlash va yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun kompleks audit o‘tkazish.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha autsorsing

Mehnat muhofazasi funksiyalarini bizning kompaniyamiz orqali autsorsing qilish imkoniyati. Bu sizning asosiy biznes faoliyatingizga e’tiboringizni qaratishingizga, xavfsizlik masalalarini esa bizga topshirishingizga imkon beradi.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha hujjatlar ishlab chiqish

Korxona faoliyati va qonunchilik talablariga muvofiq ichki mehnat muhofazasi hujjatlarini ishlab chiqish va moslashtirish. Biz xavfsiz ish muhitini ta’minlash uchun samarali reglamentlar, yo’l-yo’riqlar va boshqa lokal hujjatlarni yaratishda yordam beramiz.

Mobirise Website Builder

TINGLOVCHILAR RO'YXATI

O'qitilgan xodimlarning sertifikat va guvohnomalarini elektron shaklda ko'rishingiz mumkin

Fotolavhalar

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

"PROFACADEMY MMM" NTM

Bizning faoliyatimiz tegishli qonunchilik va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan.

Ko'p beriladigan savollar?

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan va attestatsiyadan (imtihondan) o‘tgan xodimlarga Davlat mehnat inspeksiyasi va amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq javob beradigan, belgilangan namunadagi Rasmiy Guvohnoma (Sertifikat) hamda imtihon Bayonnomasi (Protokol) taqdim etiladi.

Ha, majburiy. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxona va tashkilotlar o‘z xodimlarini mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishi va bilimlarini tekshirib turishi shart. Bu talabni bajarmaslik Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yirik miqdorda jarimalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Autsorsing — bu korxonangizdagi texnika xavfsizligi, jurnallarni yuritish va yo‘riqnomalar o‘tish vazifasini to‘liq bizning markaz mutaxassislariga topshirishdir. Bu shtatda alohida muhandis saqlashdan ko‘ra 50% gacha tejamkorroq va samaraliroqdir. Ayniqsa shtatida muhandisi bo‘lmagan o‘rta va kichik bizneslar uchun juda qulay.

Ha, biz mehnatni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish bo'yicha 72 soatlik dastur bo'yicha o'qitishni o'tkazamiz. 

Yo‘q, shart emas. Biz korxonalarning vaqtini va ish unumdorligini qadrlaymiz. Shuning uchun darslarni biznesingizni to‘xtatmagan holda — gibrid (onlayn ma’ruzalar) yoki korxonangiz ofisiga (zavodiga) borgan holda sayyor (oflayn) tartibda tashkil qilishimiz mumkin.

Qonunchilikka ko‘ra, korxona rahbarlari, bosh muhandislar va mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul mutaxassislar (muhandislar) har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirish kurslarida o‘qishlari va qayta attestatsiyadan o‘tishlari shart. Shuning uchun guvohnomalar 3 yil muddatga beriladi.

Konsultatsiya olish

Mobirise Website Builder

Manzil

Kontakt

Phone

+998 99 814 04 43
+998 99 855 81 21

Email

profacademymmm@gmail.com

Ish vaqti

9:00 - 18:00

Address

Lutfi ko'chasi 6, 100096, Тоshkent, Toshkent, Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlar

‌

Drag and Drop Website Builder