Korxonangizda mehnat muhofazasi va xavfsizlik holati bo‘yicha mustaqil audit

Davlat tekshiruvlari kelishidan oldin barcha kamchiliklarni aniqlang va bartaraf eting. Hujjatlarni qonuniy tartibga keltiring va yirik jarimalardan qutulib qoling.

Mehnat muhofazasi auditi nima?

Audit — bu korxonangizdagi barcha TX (texnika xavfsizligi) hujjatlari, ish joylarining xavfsizlik holati va xodimlarning bilim darajasini amaldagi qonunchilik talablariga mosligini to‘liq tekshirish jarayonidir.



Audit natijasida siz nima olasiz?


Batafsil Auditorlik Hisoboti: 
Korxonangizdagi barcha mavjud xatolar va qonunbuzilishlar yozilgan rasmiy hujjat.
Kamchiliklarni bartaraf etish rejasi: Qaysi xatoni qanday va qancha vaqt ichida to‘g‘rilash bo‘yicha aniq step-by-step ko‘rsatma.
Moliyaviy xavflar tahlili: Agar Davlat inspeksiyasi kelsa, hozirgi holat uchun qancha jarima solishi mumkinligini hisoblab beramiz

Audit jarayonida nimalarni tekshiramiz?

  1. Hujjatlar auditi: Korxonadagi barcha buyruqlar, yo‘riqnomalar, jurnallar va yo‘riqnomadan o‘tganlik haqidagi yozuvlarning qonuniyligi.
  2. Ish joylari ekspertizasi: Uskunalar, dastgohlar, maxsus kiyimlar (SIZ) va ish sharoitlarining xavfsizlik standartlariga javob berishi.
  3. Xodimlarning tayyorgarligi: Mas’ul shaxslarning guvohnomalari muddati va xodimlarning baxtsiz hodisalarda harakat qilish bilimini baholash.
  4. Xavflarni baholash: Ishlab chiqarishda jarohat olish yoki yong‘in chiqish xavfi yuqori bo‘lgan nuqtalarni aniqlash.

‌

Best AI Website Creator