Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hujjatlarini noldan ishlab chiqish

Davlat mehnat inspeksiyasi talablariga 100% mos keladigan buyruqlar, yo‘riqnomalar va jurnallar to‘plamini qisqa muddatda tayyorlab beramiz. Korxonangizni huquqiy xavflardan himoya qiling!

Nega hujjatlarni ProfAcademy’ga topshirish kerak?


Individual: Aynan sizning korxonangiz faoliyati va shtat jadvaliga moslab yoziladi.

Aktual: Amaldagi eng so‘nggi qonunchilik va standartlar (UzDST) asosida tayyorlanadi.

Kafolatlangan: Davlat mehnat inspeksiyasi va boshqa tekshiruvlardan muammosiz o‘tishiga kafolat beramiz.

Biz qanday hujjatlarni ishlab chiqamiz?

  1. Buyruqlar va Nizomlar. Mehnat muhofazasini tashkil etish to‘g‘risidagi asosiy buyruqlar. Mas’ul shaxslarni tayinlash haqidagi buyruqlar. Korxonaning ichki Mehnat muhofazasi boshqaruv tizimi nizomi.
  2. Yo‘riqnomalar. Har bir kasb egasi uchun  alohida Texnika Xavfsizligi yo‘riqnomalari. Uskunalar, dastgohlar va kompyuterlar bilan ishlash xavfsizligi yo‘riqnomalari. Yong‘in xavfsizligi va birinchi yordam ko‘rsatish yo‘riqnomalari.
  3. Rasmiy Jurnallar. Kirish yo‘riqnomasi jurnali. Ish joyidagi yo‘riqnomalar (birlamchi, davriy, takroriy) jurnali. Yong‘in xavfsizligi va baxtsiz hodisalarni ro‘yxatga olish va boshqa barcha jurnallari.
  4. Dasturlar va Rejalar. Kirish va ish joyidagi yo‘riqnomalarni o‘tish dasturlari. Korxonaning yillik mehnat muhofazasi tadbirlar rejasi. Xodimlarni maxsus kiyim bilan ta’minlash normalari.

‌

Drag & Drop Website Builder